Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Buyuk Britaniya sun’iy intellekt sammiti deklaratsiyasini imzolamadi
Deklaratsiyada sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga «ochiq», «inklyuziv» va «axloqiy» yondashuv zarurligi haqida so‘z borgan.
Parijda sun’iy intellektni rivojlantirishga bag‘ishlangan sammit bo‘lib o‘tdi. Unda 60 dan ortiq davlat ishtirok etdi.
Sammit yakunida deklaratsiya qabul qilindi, ammo uni Buyuk Britaniya va AQSh imzolamadi, deb xabar berdi BBC.
Deklaratsiyada sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga «ochiq», «inklyuziv» va «axloqiy» yondashuv zarurligi haqida so‘z borgan. Hujjat Fransiya, Xitoy va Hindiston va boshqalar tomonidan imzolangan.
AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Vens so‘zlariga ko‘ra, deklaratsiya sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga haddan tashqari bosim o‘tkazadi va «yangi o‘sayotgan sanoatni o‘ldiradi».
Buyuk Britaniya rasmiylari «deklaratsiyaning barcha qismlariga rozi bo‘lmagani» va «faqat Buyuk Britaniyaning milliy manfaatlariga mos keladigan tashabbuslarga qo‘shilishini» aytdi.
Deklaratsiyada «Inson va sayyora uchun sun’iy intellektni barqaror qilish» yana bir ustuvor vazifa sifatida keltirilgan. Siyosatchilar, yetakchilar va diplomatlar Parijdagi sammitda SI innovatsiyasining iqtisodiy afzalliklarini amalga oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqqan, shu bilan birga texnologiya xavflarini baholamoqda.
Ta’kidlanishicha, sammit AQSh va Yevropa o‘rtasidagi savdo ziddiyatlari kuchayib borayotgan bir paytda o‘tmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
23:35 / 27.05.2025