Jamiyat | 09:33 / 13.02.2025
3368
1 daqiqa o‘qiladi

1,15 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan reyd jarayonida qonun buzilishi holati fosh etildi.

Foto: Hududgazta’minoti

“Hududgazta’minoti” ma’lum qilishicha, “Y. X.” MChJga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati xatlovdan o‘tkazildi. 

O‘rganish jarayonida korxonada nosoz gaz hisoblagich orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Holat bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 151 million so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid