Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sport masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.
Yig‘ilishda ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
O‘tgan yili ommaviy sport musobaqalarida yoshlar qamrovi 10 millionga yetdi. Lekin yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilishga barcha tumanlarda birdek e’tibor qaratilmayapti.
Misol uchun, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning o‘tgan yilgi mavsumida tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 150 ming yoshlarning atigi 15 foizi sport maktablariga tanlab olingan.
Endilikda har haftada mahallalarda ommaviy jismoniy faollik tadbirlari o‘tkazib boriladi. Ularga nogironligi bo‘lgan shaxslar keng jalb etiladi.
Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi.
Yil yakuni bilan eng faol oilalarga trenajyorlar beriladi, eng yaxshi mahallalarda sport maydonchalari qurilib, jihozlanadi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025