Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda "yashil" energiya ulushi 10 foizga oshiriladi
SNG.Today ommabop saytida "O‘zbekistonda "yashil" energiya ulushi 26 foizga yetkaziladi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Nashrda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot" yili davlat dasturi loyihasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish tafsilotlari qalamga olingan.
Maqolada yozilishicha, oxirgi uch yilda joylarda 3,5 gigavattli 16 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi, 35 ta kichik GES qurildi, quyosh panellari o‘rnatgan xonadonlar 60 mingdan oshdi. "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida daraxtlar ekilib, bog‘lar yaratilyapti.
"2025 yilda mamlakat energetika tizimida "yashil" energiya ulushini hozirgi 16 foizdan 26 foizga yetkazish rejalashtirmoqda. Buning uchun yana 3,5 gigavattli 16 ta yirik quyosh va shamol stansiyaci, 160 megavattli 5 ta yirik GES va 1,8 gigavattli energiya saqlash quvvatlari ishga tushiriladi", – deb yozadi "SNG.Today".
Qayd etilishicha, O‘zbekiston rahbari bunga qo‘shimcha yana 1 gigavatt quvvatli loyihalarni shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. "Shuningdek, davlat korxonalari, sanoat va xizmat ko‘rsatish majmualari hamda xonadonlarda quyosh panellari o‘rnatishni rag‘batlantirish davom ettiriladi. Bu uchun 2 trillion so‘m kredit ajratiladi", deyilgan maqolada.
Mavzuga oid
16:02 / 19.05.2025
Prezidentga qurilish materiallari tarmog‘idagi rejalar taqdimot qilindi
10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
12:51 / 17.04.2025
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi
08:07 / 10.04.2025