O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarolari Qozog‘istonda qo‘lga olindi
Qayd qilinishicha, ular Toshkentda niqob kiyib, birovning mashinasini olib qochmoqchi bo‘lgan.

Foto: Timur Batyrshin
Qozog‘istonning Chimkent va Atirau aeroportlarida kriminal politsiya xodimlari O‘zbekistonda o‘g‘rilik sodir etishga uringani uchun qidiruvda bo‘lgan Turkiyaning uch nafar fuqarosini qo‘lga oldi.
Qayd qilinishicha, ular Toshkentda niqob kiyib, birovning mashinasini olib qochmoqchi bo‘lgan. Biroq jabrlanuvchilarning faol qarshiligi tufayli jinoiy rejasini yakunlay olmagan. Keyinchalik ular voqea joyini tezda tark etgan.
Qidiruvga berilishdan oldin ulardan ikki nafari Atirau viloyatiga qochgan. Uchinchisi Qozog‘iston janubiga yo‘l olgan.
«Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jinoyatni sodir etgan har uch nafar shaxs ushlanib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi

19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

19:46 / 04.05.2025
Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi - video

11:09 / 28.04.2025