Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh Bosh shtab boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi va yangisini tayinladi
Charlz Braun 40 yillik xizmatdan keyin lavozimini tark etdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari general Charlz Braunni iste’foga chiqardi. Donald Tramp Braunga «40 yildan ortiq xizmati» uchun minnatdorchilik bildirdi.
«U ajoyib jyentlmen va ajoyib lider, men unga va uning oilasiga buyuk kelajak tilayman», deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda.
Oq uy rahbari, shuningdek, bo‘sh turgan lavozimga AQSh harbiy-havo kuchlari general-leytenanti Den Keyn tayinlanganini ham ma’lum qildi. U Keynni «tajribali uchuvchi» deb atadi va uning IShID jangarilarini yengishdagi rolini qayd etdi.
«Ko‘plab harbiy «daholar» IShID tashkilotini yengish uchun yillar kerak bo‘lishini aytishgan. General Keyn esa bunga tezda erishish mumkinligini aytdi va u shunday qildi», dedi Tramp.
Avvalroq Tramp Hukumat samaradorligi departamentiga (DOGE) rahbarlik qiluvchi Ilon Maskka AQSh Mudofaa vazirligi faoliyatini qayta ko‘rib chiqishni topshirgan edi. Prezident Mask AQSh mudofaa tizimidagi «yuz milliardlab dollarlik firibgarlik va suiiste’molni» fosh etishini aytdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025