AQShda noqonuniy migrantlarni ro‘yxatga oluvchi portal ishga tushirildi
Ro‘yxatdan o‘tmaganlar 5 ming dollargacha jarimaga tortiladi yoki 6 oy muddatgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Foto: Kevin Mohatt/Reuters
Tramp ma’muriyati AQSh hududida noqonuniy yurgan chet el fuqarolari ro‘yxatdan o‘tishi va o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini kiritishi kerak bo‘lgan portalni ishga tushirdi. The Wall Street Journal’ning ma’lum qilishicha, ushbu talabga bo‘ysunmaganlar 5 ming dollargacha jarimaga tortiladi yoki 6 oy muddatgacha ozodlikdan mahrum etiladi.
Noqonuniy migrantlar reyestrini yaratish to‘g‘risidagi farmon AQSh prezidenti tomonidan 20 yanvarda imzolangan edi. Unga ko‘ra, barmoq izlarini topshirmagan va Amerika vizasi uchun ariza berishda ro‘yxatdan o‘tmagan hamda AQSh hududida 30 va undan ortiq kundan beri qolayotgan 14 yoshdan katta har bir xorijlik ushbu portalda ro‘yxatdan o‘tishi kerak. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ularning ota-onalari yoki vasiylari ro‘yxatdan o‘tkazishlari lozim.
Portalda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida migrantlar o‘zlarining pasport ma’lumotlari va yashash manzillarini ko‘rsatishlari, shundan so‘ng barmoq izlarini topshirishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tilganidan keyin u ichki xavfsizlik departamentidan tasdiqlov oladi va mazkur hujjat migrantning yonida doim yurishi kerak. Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning ma’lum qilishicha, AQSh hududida noqonuniy yurgan migrantlarda tanlov bor: «ular o‘z vatanlariga qaytishi va keyinchalik qonuniy yo‘l bilan AQShga kelishlari yoki qonunbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin».
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27