Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Joriy yilning 1 mart kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Surxondaryo viloyatidagi «Termiz» xalqaro savdo markaziga tashrif buyurgan Afg‘oniston savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Konstruktiv fikr almashish chog‘ida ikki tomonlama O‘zbekiston-Afg‘oniston savdo-iqtisodiy munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Suhbat davomida o‘zaro savdo hajmini 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Savdo bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoati sohalarida ham o‘zaro manfaatli hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Tashrif doirasida har ikki tomondan 60 ga yaqin tadbirkorlar ishtirokida B2B muzokaralari tashkil etilib, unda ishbilarmon doiralar vakillari yangi aloqalarni o‘rnatish, yangi qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
15:06 / 15.05.2025