Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Andijon viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
“O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qilishicha, Baliqchi tumanida joylashgan “S.O.” MChJ va Andijon tumanida joylashgan “O.Sh.Q” MChJ o‘ziga qarashli maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 246,6 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi

11:55 / 28.04.2025
Elektr va gaz qurilmalarini o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

11:18 / 17.04.2025