Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda rasmiy statistikani tayyorlashga autsorsing joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining "Rasmiy statistikani tayyorlash va tarqatish jarayonlariga autsorsing mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Statistika faoliyatiga autsorsing quyidagi yo‘llar bilan joriy etiladi:
- savdo, elektron tijorat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarning statistik ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha ishiga autsorsingni joriy etish orqali statistik nashrlarni foydalanuvchilarning keng doirasiga yetkazish;
- norasmiy sektor, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati bo‘yicha pilot tanlanma kuzatuvlarni tashkil etish.
Hujjat bilan Rasmiy statistikani tayyorlovchilar (konsalting kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari) tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- statistika kuzatuvlarini autsorsing shartlari asosida tashkil etish mexanizmi;
- autsorsing xizmatlariga narx belgilash tartibi va autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi statistika kuzatuvchisini tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
- statistika kuzatuvchisi va buyurtmachining huquq hamda majburiyatlari;
- autsorsing xizmatini ko‘rsatish monitoringini yuritish jarayoni.
Autsorsing shartlari asosida statistika kuzatuvlarini o‘tkazishni rejalashtirayotgan arizachilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- shartnomalar tuzish huquqiga egalik;
- shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan texnik, moddiy, kadrlar va boshqa resurslarning mavjudligi;
- soliqlar bo‘yicha qarzdorliklarning yo‘qligi;
- unga nisbatan bankrotlik tartibining mavjud emasligi;
- vijdonsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilmagani.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025