O‘zbekiston | 16:13 / 11.03.2025
8742
1 daqiqa o‘qiladi

«Navoiyazot»dagi portlashda bir kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlandi

Shuningdek, 11 kishi jarohatlangan. FVV hozirda jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr

«Navoiyazot» AJda sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi. Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 11 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hodisa yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Bugun, 11 mart kuni soat 14:10 da «Navoiyazot» AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi ro‘y bergan. Chaqnash natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘in soat 14:20 da qurshab olinib, 14:50 da batamom o‘chirilgan.

«Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro halok bo‘lgan va 11 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirga jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

 

Mavzuga oid