Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xorvatiya elchisi bilan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev Xorvatiyaning mamlakatdagi elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Refik Shabanovich bilan video-konferens-aloqa formatida uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvning asosiy kun tartibidan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin oldi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarini Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natishning tashkiliy masalalari va qonunchilik bazasini yaratish maqsadida mutaxassislarni jalb qilish muhokama qilindi.
Tomonlar tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish va ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish zarurligini qayd etdilar.
Mavzuga oid
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi
21:14 / 14.04.2025
Xorvatiyada og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
10:49 / 14.04.2025