Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi
Uchrashuv avvalida mehmon O‘zbekiston prezidentiga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 14 mart kuni Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinni qabul qildi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston prezidentiga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘tgan yil may oyida Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuv va bitimlarning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo komissiyaning ikkinchi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni O‘zbekistonda, ikki mamlakat hududlarini keng jalb etgan holda o‘tkazish muhimligini ta’kidladi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor loyihalarini, mehnat migratsiyasi va madaniy-gumanitar almashinuv borasidagi qo‘shma dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirishda parlamentlar faol ishtirok etishi zarurligi qayd etildi.
Vyacheslav Volodin rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani to‘g‘risida 13 mart kuni xabar berilgandi. Rossiya Davlat Dumasi u mamlakat rahbariyati bilan uchrashishi va Oliy Majlisning ikkala palatasiga tashrif buyurishini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid

21:03 / 14.03.2025
Biz O‘zbekistonni Rossiyaning 10 ta ishonchli hamkorlaridan biri deb hisoblaymiz - Vyacheslav Volodin

11:51 / 14.03.2025
Prezidentga eng oliy mukofot – Fransiyaga davlat tashrifi qanday o‘tdi?

20:57 / 13.03.2025
Rossiya Davlat Dumasi raisi Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi

17:56 / 13.03.2025