Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
Endi yuridik shaxslar mobil ilovalar orqali elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni milliy valutadagi korporativ bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin.
Yuridik shaxslarga kommunal to‘lovlarni mobil ilovalar orqali onlayn to‘lashga ruxsat berildi. Markaziy bank boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Buyruq bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizomning 19-bandi birinchi xatboshisi «davlat boji va yig‘imlarni to‘lash» degan so‘zlardan keyin «mobil ilovalar orqali elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirish» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.
Endi yuridik shaxslar mobil ilovalar orqali elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni milliy valutadagi bank korporativ kartalaridan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1 iyuldan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari, shuningdek, gaz, neft mahsulotlarini sotuvchi va mol-mulkini ijaraga beruvchi kompaniyalar elektron to‘lov tizimlariga ulanishi shart etib belgilandi. Elektron to‘lovlarni qabul qilishni rad etish terminallar orqali to‘lovni rad etishga tenglashtiriladi va qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
13:37 / 07.05.2025