Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin
Yangi tarmoq tahdidlarni, jumladan, qo‘shinlar harakatini aniqlash va harbiy harakatlarni muvofiqlashtirish uchun ishlatiladi.

Foto: Getty Images
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun AQSh imkoniyatlarini qisman almashtiradigan yangi sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin. Bu haqda Yevropaning mudofaa va koinot bo‘yicha komissari Andrius Kubilius Financial Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozdi The Telegraph.
«O‘zgaruvchan geosiyosiy vaziyatni inobatga olgan holda, Yevrokomissiya xavfsizlik uchun geofazoviy razvedka yordamini yaxshilash maqsadida sun’iy yo‘ldosh imkoniyatlarini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar endi boshlangan bo‘lsa-da, yangi tarmoq tahdidlarni, jumladan, qo‘shinlar harakatini aniqlash va harbiy harakatlarni muvofiqlashtirish uchun ishlatiladi.
«Biz Yerni kuzatish bo‘yicha davlat xizmati sifatida maxsus tizim yaratishni maqsad qilganmiz. U yuqori texnologiya va yuqori ma’lumotlarga ega bo‘ladi», deb qo‘shimcha qildi Kubilius.
Avvalroq, Buyuk Britaniya razvedka ma’lumotlarini almashish uchun alyans tuzishi mumkinligi, unga AQSh kirmasligi haqida xabar berilgan edi.
Yaqinda AQSh Ukraina bilan Rossiyaga qarshi razvedka ma’lumotlarini almashmaslikka qaror qildi, ammo keyinchalik bu qarorini o‘zgartirdi.
Mavzuga oid

08:37
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor

07:48
AQSh Tramp buyrug‘idan keyin Yamandagi husiychilarga aviazarbalar bermoqda

22:01 / 15.03.2025
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi

18:18 / 15.03.2025