Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning yangi rasmiylari Rossiyadan Bashar Asadni topshirishni so‘radi
Suriyaning sobiq prezidenti va uning oila a’zolari Rossiyadan boshpana topgan edi.
Suriya yetakchisi Ahmad ash-Shara’a Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Suriyaning sobiq rahbari Bashar Asadni topshirishni talab qildi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.
Suriyaning yangi ma’muriyati Asadni ekstraditsiya qilish masalasini birinchi marta ko‘tarayotgani yo‘q. Yanvar oyi oxirida Reuters ham Damashq Moskvaga tegishli so‘rov yuborgani haqida xabar bergan edi. Shu vaqtda Kreml bunga izoh berishdan bosh tortgan.
Bashar Asad 2024 yil dekabr oyida isyonchilarning tezkor hujumidan so‘ng Suriyani tark etgan. Ikki haftadan kam davom etgan janglardan so‘ng Hay’at Tahrir ash-Shom harakati vakillari Damashqni egalladi va bu Asad rejimining qulashiga olib keldi.
Keyinchalik Suriyaning sobiq prezidenti va uning oila a’zolari Rossiyadan boshpana topgani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025