Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor
To‘rtko‘l tumanida MAN rusumli yuk mashinasining yonilg‘i bakini payvandlash vaqtida portlash yuz berdi.

Foto: Videodan kadr
To‘rtko‘l tumanida yuk mashinasi bakining portlashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Qoraqalpog‘iston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 21 mart kuni soat 13:50 atrofida To‘rtko‘l tumani Guliston MFY hududidagi ustaxonada MAN markali yuk avtomobilining yonilg‘i bakini payvandlash ishlarini olib borishi oqibatida portlash yuz bergan.
Natijada, MAN va Ford rusumli avtomobillar to‘liq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari yong‘indan zararlangan. Hodisa oqibatida 1998 yil va 1980 yil tug‘ilgan To‘rtko‘l tumanida yashovchi ikki fuqaro tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
«Vafot etgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Moddiy zarar surishtiruvlar davomida aniqlanadi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Andijondagi zapravkada avtomobil gaz balloni portlab ketishi oqibatida ikki kishi jarohat olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

10:11 / 15.02.2025
G‘ijduvonda yana bir uy portlagani ma’lum bo‘ldi. Qurbon bor

10:18 / 13.02.2025
G‘ijduvonda gaz to‘planib qolishi oqibatida uy portladi

22:01 / 25.01.2025