«Tashabbusli budjet»da eng ko‘p g‘olib bo‘lgan loyihalar ma’lum qilindi
An’ana o‘zgarmadi, xuddi o‘tgan yillardagidek ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar eng ko‘p g‘olib bo‘ldi.

«Tashabbusli budjet» jarayonining 2025 yil 1-mavsumi uchun ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 3,2 trillion so‘mlik 2369 ta loyiha g‘olib deb topildi.
Shulardan eng ko‘pi – 964 tasi (1,4 trln so‘mlik) ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar, deb xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Keyingi o‘rinlarda maktablar va sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar.
«Tashabbusli budjet» 2025 yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalar:
- 964 ta — ichki yo‘llarni ta’mirlash (1396 mlrd so‘mlik);
- 699 ta — maktablarni ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish (875 mlrd so‘mlik);
- 247 ta — sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish (329 mlrd so‘mlik);
- 60 ta — bog‘chalarni ta’mirlash va va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish (72 mlrd so‘mlik);
- 44 ta — ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish yoki ta’mirlash (52 mlrd so‘m);
- 34 ta — ichimlik suvi va oqova tizimini yaxshilash (49 mlrd so‘m);
- 321 tasi — boshqa tadbirlar (415 mlrd so‘m) tashkil etdi.
«Ochiq budjet» portalida «Tashabbusli budjet» jarayonining 2025 yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari 21 mart kuni e’lon qilindi. Jarayonlarda mamlakat bo‘ylab jami 10 million 450 mingta ovoz berildi.
Mavzuga oid

19:04 / 25.03.2025
“Tashabbusli budjet”dan ham umidini uzayotgan mahalla: Shahrixondagi maktab qachon ta’mirlanadi?

22:26 / 21.03.2025
“Tashabbusli budjet” g‘oliblari e’lon qilindi

20:07 / 18.03.2025
Paxtachida TTB boshlig‘i xodimlarini ovoz yig‘ishga majburlayapti. U 200 ta monoblok va 50 ta printerni nima qilmoqchi?

00:58 / 11.03.2025