Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
Aeroportni ta’mirlash ishlari yakunlandi, uchish-qo‘nish yo‘lagi sirti mustahkamlanib, yangi asfalt bilan almashtirildi.
26 mart kuni Shahrisabz aeroporti ikki haftalik tanaffusdan so‘ng samolyotlarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd qilinishicha, havo qatnovini Silk Avia kompaniyasi reysi ochdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:17 da Shahrisabz aeroportiga qo‘ndi.
13 mart kuni Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi. Uzoq muddatli foydalanishdan keyin uchish-qo‘nish yo‘lagi sirti mustahkamlanib, yangi asfalt bilan almashtirildi.
Ta’kidlanishicha, yurish yo‘lagini ta’mirlash ham yaqin vaqt ichida yakunlanadi, bu esa parvozlar qulayligi va xavfsizligini oshiradi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025