Andijon viloyati hokimi o‘rinbosarlaridan biri o‘zgardi
Ibrohim Xolmatov Andijon viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini tark etdi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Ulug‘bek Jo‘rayev Andijon viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
U ushbu tayinlovga qadar Andijon viloyat hokimligining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Ulug‘bek Jo‘rayev 1990 yilda Andijon tumanida tug‘ilgan. Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2015 yilda Andijon shahar moliya bo‘limida xo‘jalik ishlari mudiri sifatida boshlagan.
2016–2020 yillarda Andijon tumani hokimligi moliya bo‘limining budjet bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hamda bo‘lim boshlig‘i, Andijon shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i, 2022−2023 yillarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun, Andijon viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2017 yildan buyon Ibrohim Xolmatov ishlab kelayotgandi, uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Ulug‘bek Rahimov Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid

08:40 / 01.04.2025
Andijonda Spark YPX xodimini urib yubordi

23:19 / 31.03.2025
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar

13:46 / 31.03.2025
Andijonda masjid tahoratxonasida gaz portladi

19:04 / 25.03.2025