Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Yig‘ilishda katta quvvatli atom elektr stansiyasining texnik-iqtisodiy jihatlari hamda uni barpo etish rejalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga atom energetikasini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berildi.
Qayd qilinishicha, 2035 yilda O‘zbekistonda elektr iste’moli 121 milliard kilovatt soat bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Shu bois energetikani barcha yo‘nalishlarda rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, 2030 yilga borib, jami generatsiyada “yashil” energiya ulushini 50 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Uzoq muddatda atom enegriyasi bazaviy manbalardan biriga aylanishi ko‘zda tutilgan.
Hozirgi kunda kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Uni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish hamda “yo‘l xaritasi” tayyorlash maqsadida ishchi guruhlarning uchrashuvlari o‘tkazilgan.
Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Bo‘lajak stansiya qurilishining har bir bosqichi – loyihalashtirishdan to bitgunga qadar Xalqaro atom energiyasi agentligining qat’iy nazorati ostida bo‘ladi, jahonning eng ilg‘or tajribalari va xavfsizlik talablari tatbiq etiladi.
Yig‘ilishda mutasaddilar loyihaning borishi, hamkorlar bilan muzokaralar yuzasidan axborot berdi. Ruxsatnomalar olish va moliyalashtirish masalalari, shuningdek, katta quvvatli atom elektr stansiyasining texnik-iqtisodiy jihatlari hamda uni barpo etish rejalari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid

18:52 / 01.04.2025
Shavkat Mirziyoyev: «Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon qilish uchun tarixiy imkoniyat turibdi»

17:06 / 01.04.2025
Prezident Xitoy Kommunistik partiyasi vakillari bilan uchrashdi

00:20 / 01.04.2025
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi

20:20 / 31.03.2025