O‘zbekiston | 12:14 / 28.03.2025
2171
1 daqiqa o‘qiladi

Baxtiyor Saidov Toshkentda Kaya Kallas bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Toshkentda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha tashrif bilan Toshkentga kelgan Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashdi.

"Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas xonimni bugun Toshkentda qutlashdan mamnunmiz", – deb yozdi 27 mart kuni O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. 

Muhokamalardan ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari o‘rin oldi. 

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" ilk sammiti xalqlar farovonligi yo‘lida samarali aloqalarni mustahkamlashi va yangi imkoniyatlarga yo‘l ochishi alohida ta’kidlandi.

Mavzuga oid