Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi norozilik namoyishlari: 1900 ga yaqin kishi qo‘lga olindi
Turkiyada olti kunlik ommaviy namoyishlar davomida hukumat 1879 kishini politsiyaga qarshilik ko‘rsatgani uchun qo‘lga oldi.
Turkiyada Istanbul hokimligiga nomzod etib ko‘rsatilgan Ekrem Imamog‘lu hibsga olinishi ortidan keng ko‘lamli namoyishlar davom etmoqda. Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya 27 mart, payshanba kuni 19-25 mart oralig‘ida Turkiya hukumati tomonidan 1879 kishi qo‘lga olingani haqida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 260 kishi hibsda qolmoqda, 662 nafar mahbusning ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda, 489 kishi esa qo‘yib yuborilgan.
Namoyishchilarning barchasi huquq-tartibot idoralariga qarshilik ko‘rsatganlikda ayblanib qo‘lga olindi, deya ma’lum qildi dpa nashriga Turkiya IIV. Yerlikayaning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy namoyishlar chog‘ida 150 nafar politsiyachi yaralangan. Turkiyada ommaviy yig‘ilishlarni taqiqlash 1 aprelga qadar uzaytirildi.
Politsiya kuch qo‘llamoqda
Turkiya politsiyasi 27 mart kuni Yaqin Sharq texnika universitetida suv to‘plari, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va plastik o‘qlardan foydalangan holda talabalar namoyishini tarqatib yubordi. Muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi deputati Melih Merichga ko‘ra, talabalar matbuotga bayonot bermoqchi bo‘lgan, ammo politsiya ruxsat bermagan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025