Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahrida o‘zbek-nemis qo‘shma maktabi tashkil etiladi
Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi amaliy safar bilan Germaniyada bo‘ldi.
Safar ta’lim, sog‘liqni saqlash, migratsiya va boshqa sohalarda hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirildi.
Tashrif doirasida Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralarda kasbiy ta’lim, mehnat migratsiyasi sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni mazkur kompaniyalar korxonalarida dual ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitish, qolaversa, yosh bitiruvchilarni payvandchilik, elektromontaj va qurilish kabi nemis mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarda ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Ta’lim sohasida aloqalarni kengaytirish, xususan, Qarshi shahrida zamonaviy bolalar bog‘chasi qurish va o‘zbek-nemis qo‘shma maktabi tashkil qilishga kelishildi.
Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash sohasi vakillari o‘rtasida tajriba almashishni kuchaytirish va Qashqadaryo viloyatidagi shifoxonalarga Germaniya standartlarini joriy qilish, madaniy almashinuvlarni rivojlantirish, nemis tili kurslari va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish o‘zaro suhbatlarning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Amaliy safar davomida delegatsiya a’zolari o‘quv markazlari va tibbiyot klinikalarida bo‘ldilar va o‘quv jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Mavzuga oid
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
14:22 / 22.05.2025