Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Malayziya mikroelektronika yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydi
Elchixona ko‘magida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi, Malayziya fan universiteti (Universiti Sains Malaysia – USM), Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Shuningdek, muzokaralarda USM qoshidagi Elektrotexnika va elektronika muhandisligi maktabi, Material va mineral resurslar muhandisligi maktabi, Mikroelektronika loyihalashtirish bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi vakillari qatnashdi.
Unda Mikroelektronika va yarimo‘tkazgich texnologiyalari yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash, malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish imkoniyatlari, USM bilan qo‘shma fakultet ta’sis etish va dual ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston vakillari uchun o‘quv kurslari, tajriba almashish va stajirovkalar tashkil qilish, qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tashriflarni uyushtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
USM 1969 yilda tashkil etilgan. Malayziyada va mintaqada yarimo‘tkazgich sanoati uchun mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi universitet hisoblanadi. Universitet QS World Rankings xalqaro reytingida 146-o‘rin qayd etilgan.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025