SF Airlines aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
Yuk tashuvlari Boeing 757 samolyotlarida haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, keyinchalik reyslar soni ko‘payishi kutilmoqda.

Foto: Uzbekistan Airports
2 aprel kuni Xitoyning SF Airlines aviakompaniyasi Lanchjou - Toshkent - Lanchjou yo‘nalishi bo‘yicha ilk yuk reysini amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Aviakompaniyaning Boeing 757 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 10:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi.
Yuk tashuvlari Boeing 757 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda reyslar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, keyinchalik reyslar soni ko‘payishi kutilmoqda.
SF Airlines shtab-kvartirasi Shenchjyenda (Guandun, Xitoy) joylashgan Xitoyning yetakchi yuk aviakompaniyasidir. 2005 yilda tashkil etilgan aviakompaniya Xitoyning eng yirik logistika guruhlaridan biri SF Holding Company Limited tarkibiga kiradi.
Mavzuga oid

22:29 / 19.05.2025
Xitoy Yevropada elektromobillar ishlab chiqarishni xavf ostiga qo‘ydi

19:22 / 19.05.2025
Xitoyda itlar uchun birinchi fitnes-markaz qurildi

16:49 / 19.05.2025
FlyArystan Atirau va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi

08:56 / 19.05.2025