Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Shanba va yakshanba kunlari hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kunlari havo +23…+28, ba’zi joylarda +30 darajagacha isiydi.
Dam olish kunlari joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar berdi «O‘zgidromet» agentligi.
Juma kuni davomida respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechga tomon va 5 aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida bugun kunduzi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 5 aprel kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.
6 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
4–6 aprel kunlari harorat foni ancha yuqori bo‘ishi saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo +23...+28 darajagacha, ba’zi joylarda 30 darajagacha isiydi.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida bugun kunduzi yog‘ingarilik kutilmaydi, 4 aprelda kechga tomon, 5 aprelda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 5 aprelda kunduzi biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
6 aprelning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 5–10 metr/soniya tezlikda esadi, 4 aprelda kechga tomon 12–15 metr/soniyagacha kuchayadi.
Harorat 4 aprel kuni kunduzi +28...+30 daraja, 5–6 aprel kunlari +23...+26 daraja, kechalari +12...+15 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025