Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan uch kishi qutqarildi
Katta Chimyon tog‘iga chiqqan fuqarolar pastga tusha olmagan va FVBga murojaat qilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Katta Chimyon tog‘ida yo‘ldan adashib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi.
Qayd etilishicha, 5 aprel kuni soat 18:15 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani hududidagi Katta Chimyon tog‘iga sayr qilish maqsadida borgan uch nafar fuqaro yo‘ldan adashib, tog‘ning yuqori qismidan pastga tusha olmayotgani va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qidiruv-qutqaruv ishlariga zudlik bilan Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan.
Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida fuqarolarning joylashgan joyi aniqlanib, tog‘ning dengiz sathidan taxminan 3100 metr balandligidan xavfsiz hududga olib tushilgan.
Ta’kidlanishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabr oyida Bo‘stonliq tumanidagi Suron ota tog‘iga borib, yo‘ldan adashib qolgan besh nafar fuqaro FVV xodimlari tomonidan qutqarilgan edi.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi
20:27 / 28.03.2025