Xitoyda sobiq «iqtisodiyot qiroli»ning o‘g‘liga qarshi tergov boshlandi
Lyu Tyanjan - Skycus investitsiya kompaniyasi asoschisi va Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar olib borgan sobiq bosh vazir o‘rinbosari Lyu Xening o‘g‘li. Ish Ant Group’ning IPO’si bekor qilinishiga bog‘liq.

Foto: Global Look Press
Xitoylik moliyachi, Skycus Capital investitsiya kompaniyasi asoschisi va birinchi rahbari Lyu Tyanjan korrupsiyada gumonlanib, tergov qilinmoqda, deb xabar beradi Financial Times.
Lyu Tyanjanning otasi — Xitoy «iqtisodiyoti qiroli» sifatida ta’riflanadigan sobiq bosh vazir o‘rinbosari Lyu Xe. FT’ning qayd etishicha, u XXR raisi Tsi Jzinpingning ishonchli vakili bo‘lgan va Donald Trampning birinchi prezidentlik muddati davrida AQSh ma’muriyati bilan savdo muzokaralarini olib borgan.
Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, Lyu Tyanjan qo‘lga olingan. Yana ikki suhbatdosh esa tergov kamida yarim yildan beri olib borilayotganini aytgan. Holat Jyek Ma tomonidan asos solingan Ant Group’ning 37 milliard dollarlik IPO o‘tkazish rejalari bilan bog‘liq. IPO jarayoni Tsi Jinpingning topshirig‘i bilan 2020 yilda bekor qilingan edi.
Nashrning yozishicha, tergov jarayonida rasmiylar «bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan korrupsiya holatlari»ni aniqlagan va davlat rahbariga bu haqida hisobot berilgan.
Lyu Tyanjan Skycus raisligidan 2017 yilda, otasi Xitoy Kommunistik partiyasi siyosiy byurosining 25 nafar a’zosi tarkibiga kirishidan olti oy oldin ketgandi. Keyinroq Lyu Xe bosh vazir o‘rinbosarligiga tayinlangan va moliyaviy sektorni nazorat qilishni boshlagan. FT’ning Skycus’ga yaqin manbalari 2021 yilda kichik Lyu kompaniya bitimlarida ishtirok etishni davom ettirganini ma’lum qilgan.
Skycus Xitoyning Tencent va JD.com kabi texnologik gigantlari bilan hamroklik qilib kelgan.
Mamlakatda korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar Tsi Jinping 2023 yil bahorida XXR raisligiga qayta saylanganidan keyin kuchaydi. 2024 yilda 889 ming nafar amaldor javobgarlikka tortildi. Shuningdek, fond birjalariga aloqador 80 dan ortiq kompaniyalar rahbarlari ushlandi.
Mavzuga oid

19:28 / 07.04.2025
Xitoy sudi yuzlab tirik timsohlarni onlayn auksionga qo‘ydi

21:46 / 06.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi

15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi

15:02 / 10.12.2024