Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Havayi universiteti tadqiqotchilari plastikni parchalashga yordam beradigan dengiz zamburug‘larini aniqladi.

Foto: Depositphotos
Havayi universiteti tadqiqotchilari yog‘ochni parchalovchi dengiz zamburug‘larini plastmassani «yeyishga» o‘rgatdi. Tadqiqot natijalari Mysologia jurnalida chop etildi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, plastik chiqindilar muammosi global ekologik tahdidlar orasida eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bu muammo okeanlar uchun o‘ta xavfli: har yili suv havzalariga 625 mingta chiqindi tashuvchi yuk mashinasiga teng miqdorda plastik tashlanadi. Plastik to‘liq parchalanmaydi, balki mikroplastik shakliga o‘tadi, bu esa toksinlarni yig‘ib, dengiz jonivorlariga zarar yetkazadi.
Tadqiqotchilar yog‘och va xitinni parchalash qobiliyatiga ega 68 ta dengiz mikroorganizmi shtammini o‘rgangan. Havayi universiteti jamoasi ularning poliuretan — sanoat va tibbiyotda keng qo‘llaniladigan plastik (masalan, porolon va yelim tarkibida mavjud) bilan qanday kurashishini tekshirgan. Ular poliuretanni idishlarga surtib, qaysi zamburug‘lar uni tezroq parchalashini kuzatgan.
Eng faol 42 ta tur tajribaga jalb qilingan — zamburug‘larga ko‘proq plastik berilib, ular qanday moslashishi va parchalash jarayonini qanchalik tezlashtirishi tekshirilgan. Tadqiqot muallifi Ronya Shtaynboxning so‘zlariga ko‘ra, natijalar olimlarni hayratda qoldirgan: o‘rganilgan zamburug‘larning 60 foizi plastikni muvaffaqiyatli parchalay olgan. Ba’zi turlar esa hatto uch oy ichida bu «ko‘nikma»ni 15 foizga yaxshilay olgan.
Mavzuga oid

16:56 / 12.02.2025
Buyuk Britaniyada olti yoshli bola sayyorani qutqarish uchun 2,5 mingta plastik yig‘di

08:31 / 02.12.2024
Plastik bo‘yicha global kelishuv haqidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi

00:06 / 25.11.2024
Yaponiyalik olimlar dengiz suvida parchalanuvchi plastik materialni ixtiro qildi

18:19 / 18.10.2024