Muborakdagi YTHda ikki profilaktika inspektori halok bo‘ldi
Haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolishi oqibatida Nexia mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan hamda profilaktika inspektorlari kelayotgan mashina bilan to‘qnashgan. YTH oqibatda ikki nafar IIB profilaktika inspektori voqea joyida vafot etgan. Nexia haydovchisi qamoqqa olingan.

Illyustrativ foto
Qashqadaryo viloyatida insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
YTH 6 aprel kuni Muborak tumani hududida sodir bo‘lgan. Haydovchisi uxlab qolgan Nexia mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan mashina bilan to‘qnashgan. Buning oqibatida o‘z yo‘nalishida kelayotgan mashinada bo‘lgan ikki nafar IIB profilaktika inspektori voqea joyida vafot etgan. Yana bir nafar xodim esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan 2025 yil 6 aprel kuni Muborak tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida sudning 7 apreldagi ajrimi bilan 1 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Oldinroq Farg‘onada harakatlanib borayotgan Damas haydovchisi oraliq masofani saqlay olmasdan yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

18:20 / 11.04.2025
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi

18:30 / 10.04.2025
Toshkentda «Gazel» daraxtga borib urildi

11:29 / 10.04.2025
Toshkentda yuk mashinasiga urilgan Isuzu yonib ketdi. Qurbonlar bor

18:24 / 08.04.2025