Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda vertolyot daryoga quladi, olti kishi halok bo‘ldi
Yo‘lovchi vertolyoti Manhetten markazidagi maydonchadan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay Gudzon daryosiga qulagan.
Nyu-Yorkda yo‘lovchi vertolyotining Gudzon daryosiga qulashi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Hodisa 10 aprel, payshanba kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan.
OAVning xabar berishicha, halokat shahar markazi yaqinida, 40-pirs yonida sodir bo‘lgan. Nyu-York politsiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot bortida olti kishi bo‘lgan: uchuvchi, ikki katta yoshli yo‘lovchi va uch nafar bola. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar Ispaniyadan kelgan sayyohlar oilasi bo‘lgan.
Nyu-York meri Erik Adamsning so‘zlariga ko‘ra, kema bortidagilarning barchasi halok bo‘lgan deb e’lon qilingan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari vertolyotning Gudzon daryosiga qulagani aks etgan videoni joylashtirdi.
Yana bir videoda havo kemasi halokatga uchragan payti tasvirlangan. Vertolyot «tartibsiz» uchgan, deb qayd etadi Breaking News yangiliklar agregatori.
FlightRadar ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot halokatdan oldin 15 daqiqa havoda bo‘lgan. FlightRadar tahlilchilarining ta’kidlashicha, u Manhetten markazidagi vertolyot maydonchasidan parvoz qilgan.
Mavzuga oid
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
14:38 / 06.01.2025
NASA Marsni o‘rganishga mo‘ljallangan yangi vertolyotni namoyish etdi
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:04 / 22.12.2024