Xitoy AQSh bilan boj urushida chekinmoqchi emas
Pekin AQSh tomonidan paydar-par joriy etilayotgan boj tariflariga qarshi «qo‘l qovushtirib o‘tirmasligini» va «oxirigacha kurashishga tayyor ekanini» bildirdi.

Foto: NPR
AQSh bojlarni iqtisodiy qurol sifatida qo‘llab, o‘z manfaatlarini boshqa davlatlar hisobiga himoya qilmoqda. Bu esa Jahon savdo tashkiloti qoidalariga zid va jahon savdo tizimiga jiddiy zarar yetkazmoqda, deya Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Lin Jianning so‘zlarini keltirmoqda Xitoyning The Paper nashri.
«Bojlar va savdo urushlarida g‘olib bo‘lmaydi. Xitoy urushishni istamaydi, biroq jang qilishdan qo‘rqmaydi ham», — dedi u.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Pekin «Xitoy xalqi o‘z qonuniy huquq va manfaatlaridan mahrum etilishini kuzatib turmaydi».
Lin Jian AQShni «gegemon manfaatlariga xizmat qilayotganlikda» ayblab, bu siyosat xalqaro hamjamiyat qarshiligiga duch kelishiga ishonch bildirdi.
Shu mazmunda Xitoy Savdo vazirligi vakili He Yunjian ham bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, Xitoy «oxirigacha kurashishga tayyor». Shu bilan birga, u Pekin teng sharoitlardagi muzokaralarga ham ochiq ekanini eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid

15:22
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

08:35