AQSh savdo borasida Xitoy bilan «yumshoq muloqot» boshlanganini ma’lum qildi
Qo‘shma Shtatlar xorijdan import qilinadigan elektronika va yarimo‘tkazkichlarga nisbatan joriy etilgan bojlarni to‘xtatdi. Tramp bojlar borasidagi yangi ma’lumotlarni 14 aprelda taqdim etishni va’da qildi.

Foto: imago/C. Ohde
AQSh Xitoy bilan savdo munosabatlari borasida vositachilar orqali «yumshoq muloqot» boshladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar savdo vaziri Hovard Lyutnik ma’lum qildi.
Savdo vaziri prezident Donald Tramp va XXR raisi Si Jingping savdo sohasida mamlakatlar o‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish yo‘lini topishlariga ishonch bildirdi.
«Bu AQSh uchun ijobiy, o‘ylangan va samarali tarzda hal bo‘ladi», — deydi Lyutnik ABC News efirida. Uning ta’kidlashicha, Xitoy bilan savdo borasida to‘p hozirda Donald Tramp tomonida.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, AQSh xorijdan import qilinadigan elektronika va yarimo‘tkazkichlarga nisbatan joriy etilgan bojlarni to‘xtatgan, chunki ikki oy ichida ularga alohida bojlar joriy etish rejalashtirilmoqda.
Donald Tramp yarimo‘tkazgichlarga nisbatan bojlar bo‘yicha yangi ma’lumotlarni 14 aprel kuni tadqim etishni va’da qilgan.
10 aprel kuni AQSh Xitoyning barcha tovarlariga joriy etilgan 125 foizli bojlarni 145 foizga qadar oshirdi. O‘z navbatida Amerika ma’muriyati Vashington Pekin bilan kelishuvlar uchun ochiqligini bildirdi. 11 aprel kuni Xitoy AQSh tovarlariga bojlarni 84 foizdan 125 foizga qadar oshirdi.
Avvalroq Donald Trampning tariflar urushi butun dunyo bo‘ylab moliyaviy bozorlarda parokandalikni yuzaga keltirgani, endi Oq uy rahbari tariflarning joriy etilishi oqibatlari tufayli maslahatchilaridan hafsalasi pir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

23:01 / 16.04.2025
Bloomberg Xitoyning AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish shartlaridan xabar topdi

21:18 / 16.04.2025
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

19:10 / 16.04.2025
NYT: AQSh 30 ga yaqin diplomatik missiyalarini yopishni rejalashtirmoqda

18:36 / 16.04.2025