Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
FVV qo‘shni mamlakatdagi zilzila episentrida sezilish kuchi 7 ballni tashkil etganini xabar qilmoqda. O‘zbekistonning turli hududlarida 2-3 ballik zilzila qayd etilgan.

13 aprel kuni soat 9:24 da Tojikiston hududida 5,8 magnitudali yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Zilzila episentri Tog‘li Badaxshon viloyatida, 10 km chuqurlikda joylashgan.
O‘zbekiston FVV qo‘shni mamlakatdagi zilzila episentrida sezilish kuchi 7 ball bo‘lganini xabar qilmoqda.
O‘zbekistonning 7 ta viloyatida 2-3 ballik zilzila sezilgan.
- Farg‘ona viloyatida 3 ball, 164 km (episentrgacha masofa).
- Namangan viloyatida 2-3 ball, 220 km.
- Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 222 km.
- Andijon viloyatida 2-3 ball, 227 km.
- Jizzax viloyatida 2 ball, 266 km.
- Toshkent shahrida 2 ball, 266 km.
- Samarqand viloyatida 2 ball, 327 km.
- Surxondaryo viloyatida 2 ball, 367 km.
Mavzuga oid

16:09
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?

08:57 / 14.04.2025
Tojikistonda uchinchi zilzila yuz berdi

17:43 / 13.04.2025
Tojikistonda zilzila vaqtida uch yoshli bola halok bo‘ldi

17:14 / 12.04.2025