Olimlar sun’iy intellektni imo-ishoralarni tanishga o‘rgatdi
Xitoylik olimlar imo-ishoralarni yuqori aniqlikda tushunishga qodir yangi usulni ishlab chiqdi. Bu protezlarni boshqarishda qo‘l kelishi mumkin.

Foto: TASS
Shanxayda joylashgan Tszyao Tun universiteti olimlari imo-ishoralarni tanishning innovatsion usulini ishlab chiqdi. Ularning usuli mushak signallarining to‘plangan impulslaridan hosil bo‘lgan tasvirlarga asoslanadi.
Mazkur usul yuqori zichlikdagi sirt elektromiografiyasi (HD-sEMG) signallarini tahlil qilishga asoslangan — texnologiya mushaklarning elektr faolligini yuqori aniqlikda qayd etadi. Tadqiqotchilar signallarni mushak faolligini aks ettiruvchi impulsli ketma-ketliklarga (cw-CST) ajratib, ushbu ma’lumotlarni qo‘ldagi elektrodlarga mos joylashgan ikki o‘lchamli tasvirlarga aylantirgan.
Shundan so‘ng, ushbu tasvirlar maxsus ishlab chiqilgan neyrotarmoq orqali tahlil qilingan — u ishoralarni tasniflash uchun kerakli belgilarni ajratib oladi. Tajribalar davomida model 10 xil ishorani yuqori aniqlik bilan muvaffaqiyatli aniqlagan va asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha mavjud usullardan ustunlikka erishgan.
«An’anaviy, qo‘pol belgilar asosidagi yondashuvlardan farqli ravishda, bizning modelimiz mushak faolligining fazoviy xususiyatlarini hisobga oladi va nerv tizimi orqali harakatlarni boshqarishni yanada aniqroq aks ettiradi», — deya ta’kidlaydi tadqiqot rahbari Yan Yuy.
Mualliflarning qayd etishicha, ushbu texnologiyadan ko‘plab sohalarda foydalanish mumkin: protezlarni boshqarish, jarohatlardan keyingi reabilitatsiyadan tortib, kengaytirilgan reallik interfeyslariga qadar.
«Bizning usul miya va mushaklardagi o‘zaro ta’sirni aniqroq ifodalaydi va yangi avlod qurilmalarining asosini tashkil etishi mumkin», — deb qo‘shimcha qiladi Yan Yuy.
Mavzuga oid

21:36 / 15.04.2025
SCMP: Xitoyda sun’iy intellekt sohasidagi bir nechta yetakchi olimlar to‘satdan vafot etdi

20:54 / 15.04.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt haqida qonun qabul qilinmoqda. Unda nima yozilgan?

21:35 / 11.04.2025
Google eng kuchli sun’iy intellekt protsessorini taqdim etdi

21:36 / 08.04.2025