Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi
Fransiya va Germaniyaning bir qator yirik energetika kompaniyalari AQSh bilan savdo urushi sharoitida Rossiyadan gaz importini oshirishga tayyor.

Foto: Patrick Pleul/dpa ZB/picture alliance
AQSh va YeI o‘rtasidagi savdo urushi avj olgan bir paytda Yevropaning yirik energetika kompaniyalari Rossiya gazini xarid qilishni sezilarli darajada oshirmoqchi, deb xabar berdi Reuters 14 aprel, dushanba kuni.
Fransiyaning Engie kompaniyasi rahbari Dide Olloning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasidan yetkazib berish Ukrainada to‘liq miqyosli urush boshlanishidan oldin mavjud bo‘lgan 40 foiz ulushga nisbatan, Yevropa Ittifoqi ehtiyojlarining taxminan 20-25 foizini qoplashi mumkin. «Agar Ukrainaga oqilona tinchlik kelsa», u holda Rossiyadan Yevropaga yiliga 60-70 milliard kubometr yetkazib berish hajmini muhokama qilish mumkin bo‘ladi, dedi u Reuters agentligiga.
Fransiyaning yana bir kompaniyasi TotalEnergies rahbari Patrik Puyanne Yevropa ta’minotni diversifikatsiya qilishi kerakligini aytdi. «Bizga bir yoki ikkita emas, ko‘p yo‘nalishlar kerak», — deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik. «Yevropa hech qachon urushdan oldingi kabi Rossiyadan 150 milliard kub metr import qilishga qaytmaydi... lekin men 70 milliard kub metr haqida gapirgan bo‘lardim», deya qo‘shimcha qildi Puyanne.
2022 yilda Yevropa Ittifoqi 2027 yilgacha Rossiya gazini import qilishni to‘xtatish maqsadini e’lon qildi, biroq uni amalga oshirish rejasini chop etishni ikki marta kechiktirdi, deb eslatadi Reuters.
Mavzuga oid

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

22:04 / 18.04.2025
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

18:03 / 18.04.2025