Namanganda 4-sinf o‘quvchisi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi
Uchqo‘rg‘on tumanining 23-maktab 10-sinf o‘quvchisi 31 mart kuni otasiga tegishli bo‘lgan Cobalt’ni uydan haydab chiqqan.

Foto: IIB YHXB
Viloyat IIB YHXB xabariga ko‘ra, u mashinani haydab ketayotgan vaqtda yo‘lni kesib o‘tayotgan 4-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Hodisa oqibatida bola shifoxonada vafot etgan.
O‘quvchining o‘zi uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, mashinani “qizdiraman” deb ko‘chaga haydab chiqqanini aytgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:58
Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchi qizni kaltakladi

10:43 / 28.04.2025
Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

15:49 / 27.04.2025
Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi

15:59 / 26.04.2025