Jahon | 19:10 / 16.04.2025
2736
2 daqiqa o‘qiladi

NYT: AQSh 30 ga yaqin diplomatik missiyalarini yopishni rejalashtirmoqda

Davlat departamenti ichki hujjatlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Afrika qit’asida joylashgan oltita va Yevropadagi ikkita elchixonasini yopish niyatida.

Foto: REUTERS

AQSh ma’muriyati 10 ta elchixona va 17 ta konsullikni yopish rejasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Davlat departamenti ichki hujjatlariga tayanib The New York Times xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, Amerika hukumati, shuningdek, chet eldagi qator vakolatlarxonalari shtatini qisqartirish yoki optimallashtirishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu choralar AQShning deyarli barcha qit’alardagi diplomatik ishtiroki qisqarishiga olib keladi. Xususan, quydagi diplomatik missiyalarni yopish taklif etilmoqda:

  • Afrikada oltita elchixona (JAR, Eritreya, Gambiya, Lesoto, Kongo Demokratik Respublikasi va Janubiy Sudan);
  • Yevropada ikkita elchixona (Lyuksemburg va Malta);
  • Grenada va Maldivdagi diplomatik missiyalar.

Shuningdek, Fransiyada — 5 ta, Germaniyada — 2 ta, Serb Respublikasida (Bosniya va Hersegovinada) — 2 ta, Gretsiya, Italiya, Portugaliya va Edinburgdagi (Shotlandiya) bir nechta diplomatik vakolatxonalarni ham yopish taklif qilinmoqda.

Yevropadan tashqarida to‘rtta — Kameron, Indoneziya, Janubiy Afrika va Janubiy Koreyadagi konsulliklar qisqartirilishi mumkin. Bundan tashqari, AQShning Mogadishodagi elchixonasi (Somali) va Bag‘doddagi diplomatik ko‘mak markazini sezilarli darajada qisqartirish yoki butunlay yopish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid