O‘zbekistondagi shaharga Bobur nomining berilishi Pokistonda olqishlandi
Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi Bobur merosi yashab kelayotgan Pokistonda ham qo‘llab-quvvatlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘ylab millionlab odamlarning qalbida chuqur aks sado bergan qadamni tashladi. U Andijon viloyatidagi yangi shaharga Boburiylar saltanatining buyuk asoschisi, ham o‘zbeklar, ham pokistonliklar uchun suyukli tarixiy shaxs Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berilishini ma’lum qildi. Bu haqda Pokistonning Islamabad Post nashri yozdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning beqiyos merosiga alohida urg‘u berdi. Prezident Boburning ilm-fan, adabiyot va madaniyatga qo‘shgan ulkan xizmatlarini e’zozlash, uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida yangi shaharga «Bobur shahri» deb nom berishni taklif qildi.
«Bobur Mirzo temuriylar Uyg‘onish davrining munosib davomchisi, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot homiysi edi. Uning beqiyos merosi butun dunyoga xalqimiz shon-shuhratini keltirdi. Uning nomi bilan atalgan shaharning bunyod etilishi uning bir umrlik orzusining ramziy timsoli», dedi prezident Mirziyoyev.
Bobur merosi ko‘p asrlik tarix, arxitektura va madaniyat orqali Pokistonda yashab kelmoqda. Pokiston uchun bu birdamlik va umumiy merosning muhim belgisidir.
Bobur tug‘ilgan Andijon viloyati O‘zbekistonning eng zich joylashgan hududlaridan biridir. Hukumat 2021 yilda shaharsozlikni kengaytirish va zamonaviy turmush darajasini ta’minlash uchun istiqbolli yangi shahar loyihasini ishga tushirdi. Ushbu dadil loyiha sakkiz bosqichda avval foydalanilmagan 4 ming gektar maydonda barpo etilmoqda.
Mavzuga oid

17:52
O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi xalqaro armiya o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi

20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi

16:32 / 18.04.2025
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi

15:33 / 18.04.2025