Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi
Marhumning yaqinlari bolaning o‘limida klinika shifokorlarini ayblamoqda. Bosh prokuraturaga ko‘ra, o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi hamda mas’ul shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi xususiy klinikada 11 yoshli bola tibbiy muolajadan so‘ng vafot etgani haqidagi xabar tarqaldi. Unda bola klinikaga biroz shamollagani uchun olib borilgani aytiladi.
Videolavhalarda bolaning yaqinlari uning o‘limida klinika shifokorlarini ayblagan.
“Ikkita noto‘g‘ri antibiotik yozib, kattalarning dozasini proba qilmay turib bolaga urgan. Shamollagani uchun dadasi bilan kelgan. Dadasi navbat olib tur, men ovqat olib kelaman deb tashqariga chiqqan. Navbati kelgan bolani olib kirib, majburlab ukol qilishgan”, degan bolaning yaqinlaridan biri.
Shuningdek, u bola sportchi bo‘lganini, 13 kun komada yotgani hamda klinika rahbari marhumning yaqinlariga 30 ming dollar taklif qilganini aytgan.
Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi hamda mas’ul shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan. Hozirda tekshirish davom etmoqda.
Oldinroq Namanganda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etgandi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025