Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyada och va boshpanasiz qolgan ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytarildi
Noqonuniy umra safari oqibatida muammoga duch kelgan 580 nafar fuqaro charter reys orqali O‘zbekistonga qaytarildi.
Shu yilning dastlabki uch oyida litsenziyasiz umra safarini tashkil qilish bo‘yicha 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 46 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida ma’lumot berildi.
Shuningdek, noqonuniy faoliyat yuritgan 53 ta turistik xizmat ko‘rsatuvchi sub’yekt faoliyati to‘xtatildi. Mas’ullar bildirgan ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi turfirmalar o‘z zimmasiga olgan vazifani bajarmagani sababli ko‘plab fuqarolar Saudiya Arabistonida og‘ir holatga tushib qolgan.
«Yurtdoshlarimiz sarson bo‘lib, o‘sha joylarda necha kunlab och va yotoqsiz qolib ketishdi», deb ma’lum qildi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov.
Ziyorat maqsadida Saudiya Arabistoniga borgan, biroq noqonuniy tashkil etilgan safar oqibatida muammoga duch kelgan jami 580 nafar fuqaro charter reys orqali yurtga qaytarilgan.
Avvalroq, DXX Haj va Umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlangani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
16:20 / 26.05.2025
«Samolyotga chiqishi bilan uyquga ketgan va uyg‘onmagan» – Madinada vafot etgan o‘zbekistonlik imom haqida ma’lumot berildi
10:59 / 26.05.2025
Rakat masjidi imomi Rabbimqul Muhammadiyev Madinada vafot etdi
19:00 / 19.05.2025