O‘zbekiston | 07:33
1959
1 daqiqa o‘qiladi

Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi

Yolg‘iz yashovchi fuqaro eshigini ocholmay qolgan va FVB xodimlari tomondan qutqarilgan.

Foto: Videodan kadr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi xonadonda yolg‘iz yashovchi fuqaro uyida qamalib qolgani tufayli Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) xodimlari tomonidan qutqarildi.

Qayd qilinishicha, uning eshigini ochmayotganligidan havotirlangan yaqin qarindoshi Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVBga yordam so‘rab murojaat qilgan.

FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, xonadon eshigi ochib bergan. Shunda yolg‘iz yashovchi fuqaro qon bosimi ko‘tarilib ketgani oqibatida qo‘l va oyoqlari ishlamay qolgani ma’lum bo‘lgan.

Qutqaruvchilar tomonidan fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatilgan hamda tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Mavzuga oid