Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga ta’ziya yo‘lladi
O‘zbekiston prezidenti Bandar-Abbosdagi portlash munosabati bilan Eron prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Portlash oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 1139 kishi jarohatlangan.
Shavkat Mirziyoyev Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajoiy porti hududida ro‘y bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan prezident Mas’ud Pizishkiyonga ta’ziya maktubi yo‘lladi.
O‘zbekiston prezidenti vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.
26 aprel, shanba kuni Eron janubidagi Bandar-Abbos shahri hududidagi Shahid-Rajoiy portida kuchli portlash ro‘y berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 1139 kishi turli darajada tan jarohati olgan. IRNA xabariga ko‘ra, yana olti kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, yaralanganlarning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda.
Mamlakat rasmiylari portlagan konteynerlarda aynan nima bo‘lganini ochiqlamayapti. New York Times nashrining Eron islom inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador manbasi portda perxlorat natriy solingan konteynerlar portlaganini aytgan. Bu modda qattiq raketa yoqilg‘isi ishlab chiqarishda qo‘llanadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025