O‘zbekiston | 17:00 / 28.04.2025
6819
7 daqiqa o‘qiladi

DOST - O‘zbekiston avtosanoati rivojida yangi sahifa

28-30 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "Innoprom. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasida Jizzaxda yangi DOST avtotexnikalari ishlab chiqarilishi haqida ma’lum qilindi.

"Innoprom. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonda DOST brendi ostida tijorat texnikasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Loyiha tashabbuskori Jizzakh Commercial Vehicles kompaniyasi hisoblanadi. Maqsad — O‘zbekiston tijorat avtotransporti segmentida kompleks ekotizimni shakllantirish. Bu yerda gap nafaqat avtomobillar ishlab chiqarish, balki ular negizida turli sohalar, jumladan, izotermik furgonlar, yevroplatformalar, maktab avtobuslari, tez tibbiy yordam avtomobillari va boshqalar uchun keng turdagi maxsus texnikalarni ishlab chiqarish bo‘yicha kompetensiyalarni yaratish haqida bormoqda.

Loyiha yangi ish o‘rinlarini yaratish, mamlakat ichida to‘liq ishlab chiqarish siklini shakllantirish, muhandislik va texnologik kompetensiyalarni rivojlantirish, avtomobil ishlab chiqarish va kuzovga o‘rnatilgan maxsus uskunalarini loyihalash sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi.

Ishlab chiqarishni "Jizzax" erkin iqtisodiy zonasida 2025-yil oxirigacha yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Loyiha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

- 2025 yil — SKD-yig‘uvi boshlanishi (yirik uzelli);

- 2028 yil — payvandlash, bo‘yash va yig‘ishni o‘z ichiga olgan CKD-ishlab chiqarish (mayda uzelli)ga o‘tish. Shuningdek, bir qator komponentlarni lokalizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Ishlab chiqarishda xalqaro standartlarga mos keladigan sifat menejmenti tizimi joriy etiladi.

Barcha DOST modellari O‘zbekistonning iqlim va foydalanish xususiyatlari, jumladan, yuqori sovitish tizimi, korroziyaga qarshi himoya, mahalliy sifatdagi yonilg‘iga moslashuvchanligiga muvofiq va mahalliy tashuvchilarning xohish-istaklarini hisobga olgan holda salonlarning qayta ishlangan tuzilishiga ega bo‘ladi.

DOST dilerlik tarmog‘i avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha to‘liq xizmatlarni taqdim etadi.

Ko‘rgazma doirasida brend ekspozitsiyasi

"Innoprom. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasida texnikaning quyidagi tajriba namunalari taqdim etilgan:

• tez tibbiy yordam avtomobili;

• sayyohlar uchun avtobus;

• refrijyerator.

DOST avtobusi:

Avtobus shaharlararo va sayyohlarni tashish xizmatlari uchun mo‘ljallangan. Salon 19 nafar yo‘lovchilarga mo‘ljallangan. Qulaylik va xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilgan. To‘liq oyna bilan qoplangan va issiqlik, shovqin, vibratsiyaga qarshi bo‘lgan izolyatsiyasiga ega mustahkam kuzov bardoshlilik va tashqi omillardan himoyani ta’minlaydi. Ichki bezak kompozit panellar, velyur shift va ekocharmli o‘rindiqlar, individual tirsak qo‘ygichlar, stolchalar va uch nuqtali xavfsizlik kamarlarini o‘z ichiga oladi. Jihozlanishga salon bo‘ylab tarmoqlangan 10 kVt quvvatga ega iqlim qurilmasi, suyuq kristalli monitorga ega multimedia tizimi, elektr tarzda siljiydigan eshik va puxta tashkil etilgan saqlash joylarini o‘z ichiga oladi. Bagaj yuk uchun joy — bezak bilan qoplangan va yoritgichga ega orqa tomon bo‘limi mavjud.

DOST reanimobili:

Zamonaviy reanimobil ayniqsa murakkab sharoitlarga ega hududlarda ishlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qulaylik, funksionallik va yuqori o‘tuvchanlik qobiliyati kabi xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan. Avtomobil Part-time to‘liq yuritmasi va elektron boshqaruvli ikki pog‘onali tarqatish qutisi tufayli yuqori darajadagi o‘tuvchanlik imkoniyatiga ega. Salonning zamonaviy dizayni va ergonomik joylashuvi bemorlar va shifokorlarga maksimal darajada qulaylik yaratadi. Salonning ichki balandligi tibbiyot xodimlariga to‘liq bo‘yi bo‘yicha ishlash imkonini beradi. Orqa mostning bir nishabli shina bilan qoplanishi tufayli g‘ildirak arkalarining o‘lchami kichraytirilgan, bu esa shifokorlarning salon bo‘ylab o‘tib yurishiga to‘sqinlik qilmaydi. Barcha tibbiyot mebellari metall-plastikdan tayyorlangan bo‘lib, og‘irligining kamligi, yuqori darajada chidamliligi va foydalanish paytida dezinfeksiya va sanitar ishlov berishning osonligi bilan ajralib turadi.

DOST refrijyeratori:

Tez yaroqsiz bo‘ladigan mahsulotlarni uzoq masofaga tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobili. Avtofurgon yuk turiga qarab kuzov ichida -10 °S dan +20 °S gacha bo‘lgan harorat rejimini saqlab tura oladigan sovitish qurilmasi bilan jihozlangan. Furgon o‘lchamlari juda ixcham bo‘lishiga qaramay, uning sig‘imi 11,5 kub metrga yetadi, pol ustida esa 5 donagacha yevropaletni joylashtirish mumkin. Furgonning kuzov devorlari plastik qoplamali sendvich panellardan tayyorlangan bo‘lib, kuzovga o‘rnatilgan maxsus uskunaning butun foydalanish muddati davomida mustahkamligini ta’minlaydi.

"Jizzax" maxsus industrial zonasi: DOST ishlab chiqarish uchun istiqbolli hudud

DOST yangi brendi uchun ishlab chiqarish bazasi "Jizzax" maxsus industrial zonasi (MIZ) hududida joylashtiriladi. Ushbu hudud 2013 yilda prezident farmoni bilan yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni rivojlantirish va sanoat sohasiga investitsiyalarni jalb qilish uchun platforma sifatida tashkil etilgan. Zonaning faoliyat ko‘rsatish muddati kamida 30 yil bo‘lib, uni uzaytirish imkoniyati mavjud.

MIZning asosiy vazifasi samarali sanoat lokalizatsiyasi uchun sharoit yaratishdir. Aynan shu yerda maxsus texnika liniyasini o‘zlashtirish istiqboli bilan DOST tijorat avtomobillarining milliy ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Sanoat zonasi hududida quyidagilarni ta’minlaydigan zamonaviy infratuzilma mavjud:

• transport va logistika tarmoqlariga chiqish;

• muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish;

• rezidentlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari.

Kompaniya erkin iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarishni joylashtirishda ochiladigan barcha imkoniyatlarni, jumladan, mavjud infratuzilmadan foydalanish va bosqichma-bosqich lokalizatsiya qilish uchun mahalliy hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirishni ko‘rib chiqmoqda.

Jizzakh Commercial Vehicles

O‘zbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati, Jizzax shahri, "Bunyodkor" MFY, Loyihalash ko‘chasi, 101-uy

[email protected]

Reklama huquqi asosida