Jahon | 09:11
2471
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: AQSh birgalikda biznes yuritishdan manfaatdor ekanini bildirdi

Lavrov AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilish bo‘yicha takliflar yo‘qligini aytdi.

Foto: Rossiya TIV

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov CBS telekanaliga bergan intervyusida Amerikaning Rossiyaga qarshi joriy etgan sanksiyalarini bekor qilish bo‘yicha takliflar yo‘qligini aytdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, u ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlarga izoh bera olmaydi, chunki bu «jiddiy emas».

«AQSh bizga birgalikda biznes yuritishdan manfaatdor ekanini ochiq-oydin tushuntirdi. Biz biznes takliflarini hech qachon rad etmaymiz, agar ular teng imkoniyatlar va bir-biriga hurmatga asoslangan bo‘lsa va manfaatlar muvozanatiga olib kelsa», — dedi diplomat.

Uning ta’kidlashicha, Amerika kompaniyalarining Rossiya bozoriga kirishi ularga bog‘liq.

17 aprel kuni Bloomberg agentligi Tramp ma’muriyati Ukraina bo‘yicha muzokaralardagi dastaklardan biri sifatida Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, asosiy cheklovlarni olib tashlash AQSh Kongressi va Yevropadagi ittifoqchilarning roziligisiz mumkin emas. Moskva Rossiya sanksiyalarni bekor qilishga intilmayotganini va G‘arb qarorlariga bog‘liq emasligini bildirdi.

Avvalroq Londonda Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.

Mavzuga oid