Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi
Hozirgi vaqtda mamlakatda umumiy o‘rnatilgan quvvati 33,65 mln kilovattga teng 28 ta atom energiya bloki qurilmoqda.

Foto: Global Look Press
Xitoy AES quvvati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda CNEA’ning «Xitoy—2025 yadroviy energetikani rivojlantirish to‘g‘risidagi hisobot»ida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Xitoyda umumiy quvvati 113 million kilovattga teng 102 ta atom energoblokidan foydalanilmoqda, qurilyapti va qurishga ruxsat berilgan.
2024 yilda Xitoyda atom energetikasi ishlab chiqarishi 444,7 milliard kilovattga yetgan, bu ko‘rsatkich bilan u dunyoda ikkinchi o‘rinni egallagan va mamlakat umumiy elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining 4,72 foizini tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda Xitoyda umumiy o‘rnatilgan quvvati 33,65 million kilovattga teng 28 ta atom energiya blokining qurilishi olib borilmoqda va qurilayotgan energiya bloklari o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Xitoy ketma-ket 18 yildan beri dunyoda yetakchilik qilib kelyapti.
2023 yil iyun oyida Xitoyda ilk bor toriy reaktori ishga tushirilgan. South China Morning Post’ning yozishicha, Xitoyning Yadro xavfsizligi bo‘yicha davlat boshqarmasi mamlakatdagi ilk 2 megavattli toriy reaktorini ishga tushirish uchun ruxsat bergan.
Ta’kidlanishicha, Xitoyda toriy zaxiralari juda katta va ayrim baholashlarga ko‘ra, bu resurs mamlakatning umumiy energetik ehtiyojlarini 20 ming yildan ortiq muddat davomida qondira oladi.
Mavzuga oid

21:22
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

21:20
“Agar emas, qachonki...” - Lixachev O‘zbekistonda katta AES qurilishi haqida

14:45
SCMP: Xitoy kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni boshladi

22:58 / 27.04.2025