Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh ta’minotidan mustaqilligini e’lon qildi
Xitoy endi AQShdan don va gaz yetkazib berilishiga qaram emasligini bildirdi.

Foto: Andy Wong / AP
Xitoy endi AQShdan yetkazib beriladigan don va gazga qaram emasligini e’lon qildi. Bu haqda Xitoy taraqqiyot va islohotlar milliy komissiyasi rahbari o‘rinbosari Chjao Chensinning tegishli bayonotiga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.
«AQShdan ozuqa va moyli o‘simliklar xarid qilmasak ham, bu mamlakatimizga g‘alla yetkazib berishga katta ta’sir ko‘rsatmaydi», — dedi u.
Xitoy rasmiysi, uning mamlakati AQSh eksportining yo‘qotilishini mahalliy ishlab chiqarish va boshqa mamlakatlardan yetkazib berish orqali osonlik bilan qoplashini aytdi.
Bungacha Xitoy Qo‘shma Shtatlar bilan tariflarni muhokama etishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
23 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Xitoy tovarlariga bojxona to‘lovlarini kamaytirishini, biroq bu stavka nolga teng bo‘lmasligini ma’lum qildi. Oq uy rahbari Xitoydan olib kelinayotgan tovarlarga joriy yig‘im bojlarini juda yuqori deb atadi.
25 aprel kuni Tramp Xitoy rahbari Si Jinping unga qo‘ng‘iroq qilganini aytdi. Suhbat mavzusini muhokama qilar ekan, Oq uy rahbari mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalari nuqtayi nazaridan Qo‘shma Shtatlarni «hamma narsa xarid qilishni xohlaydigan ulkan, ajoyib do‘kon» bilan taqqosladi.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025