Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
Shamsiddin Tojiyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Oliy sudning sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Shamsiddin Tojiyev
Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Shamsiddin Mamarejabovich Tojiyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Shamsiddin Tojiyev 1979 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr bosqichini, 2003 yilda shu institutning magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Oliy sudda maslahatchi lavozimidan boshlab, keyinchalik turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2008—2013 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudi sudyasi, 2013—2015 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi bo‘lgan. 2015 yildan Oliy sud sudyasi lavozimiga saylanguniga qadar Uchtepa tuman sudi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Mavzuga oid

13:00 / 30.04.2025
Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlash haqidagi qonunni ma’qulladi

13:39 / 29.04.2025
O‘zbekistonda 2030 yilgacha havoga isciqxona gazlari chiqarilishini 35 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda

20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi

19:50 / 28.03.2025