Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Selangor shtati Rasa shaharchasida joylashgan Zurax sanoat parkiga tashrif buyurib, SMH Rail kompaniyasi raisi va boshqaruv direktori Kuppusami Narayanasami bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekistonda temiryo‘l lokomotiv va vagonlarini ta’mirlash hamda ular uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniyaning ko‘p yillik tajribasi va ilg‘or texnologiyalaridan foydalangan holda mamlakatimizda ishdan chiqqan lokomotiv va vagonlarni zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlash bo‘yicha o‘zbek tomoni bilan hamkorlik qilish kompaniya rahbariyatida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Malayziya vakili O‘zbekistonning tegishli korxonalariga, jumladan logistika markazlari va temiryo‘l yuk terminallariga lokomotivlarni uzoq muddatli lizing asosida berishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda xorij tomoni bilan mamlakatimizda temiryo‘l sohasida faoliyat olib borayotgan yosh muhandislar va tahsil olayotgan bitiruvchi talabalarni SMH Rail kompaniyasida malaka oshirish va maxsus tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin
13:31 / 10.04.2025